Bu xalqaro nomga ega boʻlgan aeroportning tarixi XX asrning boshlariga borib taqaladi, 1924-yil birinchi marta havo kemasi bu aeroportdan uchirilgan, oʻsha paytda Toshkent — Pishpek — Alma-ata yoʻnalishi boʻylab yoʻloʻvchilar oʻz manzillariga olib borilgan. Keyinchalik shu yilning oʻzida havo kemalari tomonidan 1000 ga yaqin yoʻlovchilar tashilgan va 200 kilogramm pochta va yana besh tonnaga yaqin yuk tashilgan.
2017-yil 25-yanvar kuni Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nomi berildi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti - Oʻzbekistonning eng zamonaviy hamda katta aeroportlaridan biri hisoblanadi. Uning yana bir katta yutuqlaridan biri shundaki aeroport dunyoning deyarli barcha yirik va savdo ahamyatiga ega boʻlgan shaharlari bilan oʻzlarining havo aloqalarini oʻrnatgan va xohlagan turdagi havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Aeroportning hozirgi kundagi yoʻlovchilarni qabul qilish imkoniyati soatiga 1300 kishiga yetadi va u IKAOning II- toifasiga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi negizida “O‘zbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan.
«Uzbekistan Airports Cargo» Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati 2021-yilda tashkil topdi. «Uzbekistan Airports» AJ ning tarkibidagi hizmat ko'rsatish va qayta ishlash ishlari bilan shug'Ullanuvchi korxona.
+998555014700/3040
+998555014700/3008
+998555014700/3018
+998555014700/3049
+998555014700/3040
+998555014700/3021